Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi:

ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;

soxta nikoh tuzilganda, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʻzlamay nikoh qayd qildirganda;

nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.

(49-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 6-apreldagi OʻRQ-84-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 133-modda)