Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega boʻlgan boshqa holat boʻlib, u mavjud boʻlganda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik soliq toʻlovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
(70-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega boʻladi.