Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
(110-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi.
(110-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.