Uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) koʻp kvartirali bitta yoki bir nechta zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari boʻlgan umumiy yer uchastkasi bilan birlashtirilgan uydagi xususiy turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining birlashmasidir.

Shirkat turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti boʻlib, oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi.

Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

(128-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi OʻRQ-77-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)