Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi.
Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan boʻlsa, koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir.
(139-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
boshqaruv amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili;
koʻp kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi saqlanishini taʼminlash boʻyicha boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari;
(139-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori;
(139-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari;
shartnoma boʻyicha majburiyatlarning boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
(139-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari koʻp kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi.
Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining oʻtgan yilgi bajarilishi toʻgʻrisida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi.
(139-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir.
(139-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi OʻRQ-77-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)