Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni toʻlaligicha yoki qisman sotib olishi mumkin. Arendaga berilgan turar joyni sotib olish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

(89-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Turar joyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi tuzilayotgan, oʻzgartirilayotgan, bekor qilinayotganda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.