Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xoʻjalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq taʼlimi, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk boʻladi.

(215-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)

Munitsipal mulk boʻlgan mol-mulkni, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.

(215-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)

Munitsipal mulk boʻlgan mol-mulk yuridik shaxslarga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qoʻyilishi mumkin.

(215-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)

Munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar hisobidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.

(215-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Munitsipal mulk obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.

(215-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)