Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoladi.

Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi.

(269-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)

Garov narsasi garovga oluvchi tomonidan qulflangan va muhrlangan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin.

(269-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Garov narsasi garovga qoʻyilganligini bildiruvchi belgilar qoʻygan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov).

Garovga qoʻyuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi.

Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qoʻyilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi.