Tovarlarni garovga qoʻyib, ularni garovga qoʻyuvchida qoldirish va ularning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻpsatilganidan kamaymasligini shart qilib qoʻygan holda garovga qoʻyuvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning tarkibi va asl shaklini (tovar zaxiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va shu kabilar) oʻzgartirish huquqining berilishi muomaladagi tovarlar garovi hisoblanadi.
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymatining kamayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mos keladigan darajada yoʻl qoʻyiladi.
Garovga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxslapga bepilgan muomaladagi tovarlar egallovchining mulkiga yoki operativ boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi boʻlmay qoladi, garovga qoʻyuvchi tomonidan olingan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar esa — garovga qoʻyuvchida ularga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan eʼtiboran garov narsasiga aylanadi.
(288-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Garovga qoʻyuvchi muomaladagi tovarlar garovi shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosib, tartibni buzish bartaraf qilingunga qadar ular bilan amalga oshipiladigan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.
(288-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)