Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi tashkil etiladi. Muassasa maʼmuriyati mahkumlarga ular taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi.
(100-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yoshi oʻttizdan oshgan mahkumlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar xohishlariga koʻra taʼlim olishga jalb etiladilar.
(100-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mahkumlarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno boʻlib, ular oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida taʼlim olishlari mumkin.
Oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonunchilikka muvofiq ishdan ozod qilinadi.
(100-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(100-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)