Jazoni ijro etish muassasalarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beriladi va (yoki) mahkumlar ishlab chiqarishda kasbga oʻrgatiladi.
Mahkumlarga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi berish va ularni kasbga oʻrgatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(101-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)