Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan boʻyin tovlash, shuningdek ichki tartib-qoidalar bilan taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.

(111-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)

Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.

(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)