(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi:
(27-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi;
mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi;
boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi;
mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi;
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi;
axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi.