Mahkum axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda probatsiya boʻlinmasi oʻtalmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)