Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq haq toʻlanadi.

(92-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga toʻlanadigan oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas.

(92-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Barcha chegirmalardan qatʼi nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvaragʻiga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvaragʻiga esa, kamida ellik foizi oʻtkazib qoʻyiladi.

(92-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)