Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi ushbu Kodeksning 102¹-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:

mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishi;

mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi;

mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi;

Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.

Komissiya tomonidan tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi.

Tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu Kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

(97¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi OʻRQ-817-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)