Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart.

(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)

Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeks bilan belgilanadi.

(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)