Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlgan barcha hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart.

(321-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)

Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlganda, hujjatlar tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuroriga, viloyat, Toshkent shahar prokuroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuroriga va ularga tenglashtirilgan prokurorga yuboriladi.

(321-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)