Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak.

Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.

(405¹-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)

49¹-bob. JINOYAT ISHI BOʻYICHA DASTLABKI ESHITUV