Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
(405⁴-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) sudyaning lavozimi va familiyasi;
3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi;
4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi;
5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar;
6) dastlabki eshituv ishtirokchilari;
7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.