Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn olti yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar ushbu Kodeks 97, 98, 104 — 106, 118, 119-moddalari, 126¹-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ushbu Kodeksning 122, 123, 125¹-moddalarida, 126¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 127, 127¹, 128¹, 144, 146, 193 — 195, 205 — 210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 276¹⁰, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.