Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin:
a) jarima;
a¹) majburiy jamoat ishlari;
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan “a¹” band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
b) axloq tuzatish ishlari;
(81-moddaning “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
v¹) ozodlikni cheklash;
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan “v¹” band bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
g) ozodlikdan mahrum qilish.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.