Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(185¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1111-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 03/26/1111/0037-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-aprel)

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(185¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi OʻRQ-949-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 03/24/949/0662-son)