Organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida;

2) ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

Ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda chiqariladi.

(310-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi OʻRQ-289-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)

Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ogohlantirish eʼlon qilinganda ham chiqariladi.

(310-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi OʻRQ-289-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)