Maʼmuriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli boʻlmagan (sudloviga tegishli boʻlmagan) yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi.

(303¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)