Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha sudning qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV¹ bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(314-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-884-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 03/23/884/0967-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)