(56²-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —

(56²-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

(56²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-971-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 03/24/971/0777-son)