Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga oʻtganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga oʻtkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)