Yashash uchun yaroqli boʻlgan turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)