(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Xususiy mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan oʻzlari va oila aʼzolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda oʻzga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan hamda yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)