Arenda haqini toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari turar joy arendasi shartnomasida belgilab qoʻyiladi.
Turar joy arenda haqining miqdori taraflarning kelishuviga koʻra qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
(90-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)