Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.

(118-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.