Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi.

(128-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)