Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi.

(131-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.

(131-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)