Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;

avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;

guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.

(231-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)