Bojxona tashuvchisi:

avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan;

ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlagan;

ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega boʻlgan;

Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir.

(235-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)

Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi.

Bojxona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan 236-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son)

(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan 237-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son)

(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan 238-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son)