Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi:
bojxona rasmiylashtiruvi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi;
tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash;
transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish;
dastlabki qarorni qabul qilish;
intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish;
(291-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)
(291-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
(291-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(291-moddaning birinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(291-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi.
Bojxona yigʻimlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas.
(291-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Bojxona yigʻimlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.