Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir.

Bojxona organlarining ixtiyorida boʻlgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno.

(379-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)