Bojxona organlari umumjahon Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini taʼminlaydi.

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

(380-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)