Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod qilingan holda bojxona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
Bojxona kodeksi
57 bob. Chet davlatlarning vakolatxonalari va ularning xodimlari uc…
396-modda
Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish396-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.