Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (maʼmuriy-texnik xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
Bojxona kodeksi
57 bob. Chet davlatlarning vakolatxonalari va ularning xodimlari uc…
398-modda
Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish398-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.
Oldingi · 397-modda
Diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi
399-modda · Keyingi
Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish