Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat:
bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash;
(6-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishini taʼminlash;
iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini taʼminlash;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollariga chek qoʻyish va ularning oldini olish.
(6-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)