Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot;
chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
(8-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi.