Maʼlumotning ushbu Kodeks 166¹-moddasida nazarda tutilgan muddatlar buzilgan holda tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjud emasligi, toʻliq joylashtirilmaganligi va (yoki) joylashtirilmaganligi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzishdir.

(190¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)