Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;

(90¹-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga maʼlumot uchun kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

(90¹-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)