Davlat bojini toʻlashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(133-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin.