Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga, agar qonunchilikda ularni koʻrishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha ishlar kiradi.

(182-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)