Sudga murojaat qilish:

fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida;

buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;

apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

(4-modda birinchi qismining toʻrtinchi xat boshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.