Sud koʻrilayotgan va hal etilayotgan masala boʻyicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrugʻi qabul qiladi.
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-661-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
(6-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-661-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Sud qonunda oʻzining vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi.
Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.