Kassatsiya shikoyati (protesti) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
(415-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatini ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(415-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-661-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)